10 iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti Janubiy Koreyaning Inha universiteti delegatsiyasini qabul qildi.
Delegatsiya aʼzolari talabalarni qoʼllab quvvatlash boʼlimi, Karyera markazi boʼlimi, hamkorlik boʼlimlari xodimlari, shuningdek, TShIU talabalari bilan uchrashdilar. Uchrashuv doirasida Koreyalik professor-oʼqituvchilar TShIU xodimlari bilan oʼz tajribalarini boʼlishdilar, talabalarga rezyumeni toʼgʼri yozish va kelajakdagi kasbiy yoʼlni qurish boʼyicha tavsiyalar berdilar.
