Ikki kunlik CSS 2024 sammiti 9-oktabr kuni boshlandi, u butun dunyodan yetakchi soha mutaxassislarini birlashtirib, global kiberxavfsizlik tahdidlari landshaftini, jumladan tendensiyalar, prognozlar va xalqaro hamkorlikning ahamiyatini muhokama qildi.
Asosiy konferensiya doirasida CSS 2024 kengaytirilgan tadbirlar dasturini, jumladan, Toshkent shahridagi Inha universiteti stendiga ega ko‘rgazma maydonini, shuningdek, kiberxavfsizlik bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalarining bepul seminarlarini taqdim etadi.
Eslatib oʻtamiz, bugun va ertaga Oʻzbekistondagi eng yirik “CyberKent 2” xakerlar tanlovi boʻlib oʻtmoqda, unda Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalarimiz faol ishtirok etmoqdalar. Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori jamoalar bilan uchrashib, ularga eng qiyin muammolarni hal etishda omad tiladi!