2022-yilning 14-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshchiligidagi delegatsiya Goyang shahridagi (Janubiy Koreya) » Korea Aerospace University» tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida tomonlar oʻzaro hamkorlikning quyidagi yoʻnalishlarini koʻzda tutuvchi hamkorlik memorandumini imzoladilar:
– Bakalavr va magistratura talabalari uchun akademik va tadqiqot imkoniyatlarini almashish
– tadqiqotchilar almashinuvi va ilmiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish
– akademik materiallar, nashrlar va ma’lumotlar almashinuvi
– seminarlar/simpoziumlar tashkil etish va birgalikda o‘tkazish
– Akademik/o’quv dasturlari, loyihalar va qo’shma dasturlar faoliyati bo’yicha hamkorlik
TShIU delegatsiyasining tashrifi yakunida kampusga sayohat uyushtirildi.
«Korea Aerospace University» 1952 yildan beri aviatsiya sanoati uchun mutaxassislar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
