5 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Koreya aerokosmik universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida TShIU rektori Muzaffar Djalalov Toshkent shahridagi Inha universiteti haqida taqdimot qildi. Tomonlar hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini, mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni ham muhokama qildilar.
Koreya aerokosmik universiteti vakillariga Toshkent shahridagi Inha universiteti bo‘ylab sayohat uyushtirildi.
