2022-yil 24-oktabr kuni Samarqand shahridagi AKT haftaligi 2022 sammiti doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.Djalalov va ushbu tashkilot vitse-prezidenti Dr. Taewhan Kim boshchiligidagi Koreya sanoatini intellektual uyushmasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki tashkilot oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladilar.
Ikki tomonlama kelishuv O‘zbekistonda raqamli transformatsiya sohasida qo‘shma hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yangi IT-kanallarni yaratish imkonini beradi.
Bundan tashqari, KOIIA Toshkent shahridagi Inha universitetiga 3,5 million dollarlik dasturiy ta’minot sovg‘a qildi.
Ta’kidlash joizki, SmartMind – yagona boshqaruv platformasining «ThanoSQL» integratsiyalashgan dasturiy ta’minoti bo’lib, u faqat SQL va AI yordamida ma’lumotlarni so’rash va modellashtirish imkonini beradi.
