AACSB akkreditatsiyasi biznesni boshqarish sohasidagi eng nufuzli xalqaro akkreditatsiya hisoblanadi. Akkreditatsiya 15 ta mezonni, jumladan, universitetning faoliyat strategiyasini, professor-o‘qituvchilarning tadqiqot va o‘qitish imkoniyatlarini, yuqori sifatli o‘quv dasturlarini va tizimli ta’limni boshqarishni baholaydi.
Dunyo bo’ylab biznes ta’lim dasturlarini taklif etuvchi muassasalarning 5% dan kamrog’i akkreditatsiyadan o’tga olgan.
2014 yilda dastlabki akkreditatsiyadan so’ng, INHA universiteti biznes ta’lim dasturlari bo’yicha yana bir bor xalqaro miqyosda e’tirof etildi va 2019 yilda muvaffaqiyatli qayta baholashdan so’ng bu yil qayta akkreditatsiyadan o’tdi. AACSB akkreditatsiyasi besh yil davomida amal qiladi.
Ushbu qayta akkreditatsiya jarayonida universitet tomonidan taklif etilayotgan turli xalqaro biznes ta’lim dasturlari, jumladan, TshIUdagi MBA va SBL dasturlari ham baholandi.
Tashkilotlararo aloqa va global standartlarni qo’llab-quvvatlash uchun hamkorlik, professional va tizimli boshqaruv ta’lim tizimini joriy etish, maqsadli o’qitish va murabbiylik dasturlari orqali o’quv yutuqlarini yaxshilash kabi sohalarda ajoyib natijalar ko’rsatildi.