Koreyadagi TshIU talabalari 🤩🇰🇷

Toshkent shahridagi Inha universitetining 10 nafar talabasi Janubiy Koreyadagi nufuzli Inha Summer School 2025 yozgi maktabida ishtirok etish uchun tanlab olindi. Ishtirokchilar loyihalar va o‘qishda o‘zini ko‘rsatgan eng faol va muvaffaqiyatli talabalar bo‘lishdi.

Janubiy Koreyadagi «Inha Summer School» uch haftalik yozgi dasturi turli yo‘nalishlar bo‘yicha darslarni o‘z ichiga oladi: Koreys tili, Koreys madaniyatini o‘rganish, Koreyada biznes aloqalari, Koreya biznesi va iqtisodiyotiga kirish.

28-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularga dasturni muvaffaqiyatli o‘tishini tilagan holda ikki universitet o‘rtasidagi akademik va madaniy almashinuvning muhimligini ta’kidlash maqsadida talabalar bilan onlayn sessiya o‘tkazdi.

🛫Dastur, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalarni birlashtirib, madaniy almashinuv va yangi xalqaro tanishuvlar uchun imkoniyat yaratadi.