2022-yilning 5-aprel kuni Janubiy Koreyaning Nextree kompaniyasi vakillari Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ular kompaniyaning faoloyati va ishga qabul qilish uchun qanday shartlar borligi haqida gapirib berishdi hamda talabalarning barcha savollariga javob berishdi.
Nextree – PaaS-da MSA mikroservislari arxitekturasi asosida bulutli ilovalarni ishlab chiqadigan dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya.
