«Leadership and Change Management in the Digital Age»

16-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Raqamlashtirish davrida yetakchilik va o‘zgarishlarni boshqarish” mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman O‘zbekiston ish beruvchilar uyushmasi tomonidan “Severstal – Yagona xizmat ko‘rsatish markazi” bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ishtirokchilar raqamli texnologiyalar jadal rivojlanishi sharoitida xodimlarni boshqarishning eng samarali usullari va modellari bilan tanishdilar, muvaffaqiyatli raqamli transformatsiyada yetakchilikning roli va ta’sirini muhokama qildilar hamda HR sohasidagi moliyaviy jihatlarga bag‘ishlangan muhokamada qatnashdilar.