Maktab o’quvchilari Universitetga tashrif buyurishdi

17-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida 220- va 193-sonli maktablari uchun Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.
TshIU vakillari maktab o‘quvchilari uchun taqdimot o‘tkazdilar, kirish imtihonlari haqida so‘zlab berdilar, shuningdek, Universitet bo‘ylab sayohat uyushtirdilar.
Maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.