O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33-yilligi munosabati bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori, siyosiy fanlar doktori (DSc) T.Tursunmuratov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan «MA’NAVIYAT FIDOIYSI» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur nishon O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi 897-sonli qarori bilan ta’sis etilgan bo’lib, yosh avlod tarbiyasi hamda ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishda katta natijalar ko’rsatgan xodimlarga taqdim etiladi.