15-fevral kuni Koreyada xizmat safarida bo‘lgan MITCning Raqamli ta’lim bo‘limi boshlig‘i Sarvar Bo‘tanov va Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov Koreya Kiber universiteti prezidenti Kim Jin Seong bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar yangi fakultetlarni, xususan, IT sohasida yangi fakultetni ochish va Koreya Kiber Universiteti tajribasi va oʻquv dasturi asosida TShIUda qoʻshma onlayn taʼlim dasturini (bakalavr darajasini) yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildilar.
Koreyaning Kiber Universiteti 2001-yilda ochilgan va nafaqat Koreyada, balki dunyoning 58 dan ortiq mamlakatlarida (masofadan) IT va biznes sohalarida onlayn ta’lim beradigan innovatsion universitet hisoblanadi.
