Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev va «MyCareer 4 future» kompaniyasi direktori Svetlana Xardisti hamkorlik memorandumini imzoladi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi Hamkorlik memorandumini imzoladilar:
– Bakalavriat va magistratura talabalari uchun akademik va tadqiqot imkoniyatlarini almashish
– Tadqiqotchilar almashinuvi va tadqiqot loyihalarida birgalikda ishtirok etish
– Akademik materiallar, nashrlar va ma’lumotlarni almashish
– Akademik/o‘quv dasturlari, loyihalari va tadqiqot faoliyati bo‘yicha hamkorlik.
Ushbu bitim uzoq muddatli va samarali sheriklik uchun mustahkam poydevor bo‘lishiga ishonamiz.
