Yangi 2025-yil arafasida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi tomonidan Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida vasiylik va homiylikdagi oilalar tarbiyalanuvchilari uchun bolalar bayrami bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli Yangi yil o’yinlari, musobaqalar, raqslar, Ayoz ota va Qorqizning chiqishlari – bularning barchasi bolalarga juda ko’p ijobiy his-tuyg’ularni berdi. Bayram yakunida esa barchaga prezident sovg’asi topshirildi🎄🎁
