Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabalarni va texnologiyalarga qiziquvchi barchani sun’iy intellekt va yuqori samarali Hisoblashlar sohasida jahon yetakchisi bo‘lgan NVIDIA vakillari bilan eksklyuziv uchrashuvga taklif etadi!
📅 Sana: 20-fevral
🕙Vaqt: 10:00
📍 Manzil: Toshkent shahridagi Inha universitetining (IUT) Katta anjumanlar zali
🎤 Spiker: Anton Djorayev, NVIDIA biznesni rivojlantirish bo‘yicha MDH mintaqaviy direktori
NVIDIA delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyalari, sun’iy intellektdan turli sohalarda foydalanish imkoniyatlari va mamlakatda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari haqida o‘ziga xos seminar bo‘lib o‘tadi.
🎯 Kimlar uchun?
▫️Universitetlar (IUT, Amity, TATU) talabalari va o‘qituvchilari uchun
▫️IT, fintech va raqamli texnologiyalar sohasidagi mutaxassislarga
▫️AI dunyoni qanday o‘zgartirayotganini bilishni istagan barchaga!
Sun’iy intellekt kelajagi haqida bevosita tanishish va NVIDIA mutaxassislariga savollar berish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
📌 Kirish bepul, ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.
