Chuqur qayg’u bilan ma’lum qilamizki, Inha Universitetida 9 yildan ortiq faoliyat yuritgan Kompyuter fanlari va muhandislik kafedrasi dekani va professori doktor Abdul Rahim Naseer vafot etdi.


Doktor Naseer nafaqat yirik olim va o‘qituvchi, balki har bir talabaga mehr bilan yondashgan, bilim ulashishni o‘z hayotining maqsadi deb bilgan inson edi. U Inha Universitetining butun jamoasi hayotida o‘chmas iz qoldirdi.
Ustozning yorqin xotirasi doimo qalblarimizda yashaydi 🕊️
Hurmat bilan,
Toshkent shahridagi Inha Universiteti ma’muriyati