14-iyun kuni Koreya Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “O‘zbekiston-Koreya biznes hamkorlik 2024” tadbiri G2B va B2B formatidagi uchrashuvlar formatida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Koreyaning axborot texnologiyalari, tibbiyot va boshqa sohalardagi 40 ta yetakchi kompaniyalari ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov boshchiligidagi delegatsiya faol ishtirok etdi. Kun yakunida TShIU rektori Koreyaning 7 kompaniyasi bilan samarali muzokaralar olib bordi, xususan:
HSCMT Co, Ltd.
GB SOFT Co., Ltd
East Telecom LLC
Korea Aerospace Industries, Ltd. (KAI)
FIRMMIT Co., Ltd.
Megozone cloud
Hyundai Engineering & Construction
Co., Ltd.
Uchrashuvlardan maqsad sheriklik va hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat. Shuningdek, talabalar va yosh mutaxassislarning amaliyot o‘tashlarini tashkil etish, loyihalar samaradorligi va innovatsionligini oshirish uchun ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining bir qismini o‘tkazishni o‘z ichiga olgan ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar bo‘yicha autsorsing masalalari muhokama qilindi.