O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni

9-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida joylashgan Mirzo Ulug’bek tumanining 43-uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tdi.
Saylov ochiq va demokratik tarzda, qonun va xalqaro me’yorlarga muvofiq o’tkazildi. Saylov jarayoni xalqaro kuzatuvchilar, OAV va televidenie vakillari kuzatuvi ostida jonli efir orqali namoyish ettirib borildi.
Saylov uchastkasiga ko‘plab fuqarolar tashrif buyurdi. Uchastka komissiyalari xodimlarining yuqori professionalligi va aholi faolligi alohida qayd etildi.