24-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida uch kunlik “Map-a-thon” boshlandi. Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi va kanalizatsiya bilan qamrab olinishi bo‘yicha dolzarb ma’lumotlarni to‘plash maqsadida O‘zbekistonda ilk bor “Mapaton” o‘tkazilmoqda, unga 120 dan ortiq ko‘ngillilar va soha mutaxassislari jalb etildi.
Map-a-thon – bu ichimlik suvi tarmog‘ining amaldagi qamrovini aniqlash, shuningdek, mahallalarga borib, xo‘jaliklarni joylarda o‘rganish orqali “O‘zsuvta’minot” AJ ma’lumotlar bazasini to‘ldirishga qaratilgan xaritalash tadbiri va o‘ziga xos marafondir. Yakuniy natijada suv ta’minoti tizimiga ulanishning amaldagi qamrovi, GIS holati, “O‘zsuvta’minot” AJ ma’lumotlar bazasining to‘liqligi baholanadi. Dastlab bu mapaton Yangiyo‘l tumanida amalga oshiriladi.
Mapaton tashkilotchilari: Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, “O‘zsuvta’minot” AJ, Toshkent shahridagi Inha universiteti. Tadbir Geo2 va Inttech kompaniyalari moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.