Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchisi joriy yilda Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan “Perspektywy Women in Tech Summit 2024” xalqaro sammitida ishtirok etdi.
Umida Abduqodirova 2023-yilda Toshkent shahridagi Inha universitetini tamomlagan. Hozirda Umida Fido-Biznes kompaniyasida biznes-tahlilchi bo’lib ishlaydi.
“Bu yil men Polshada boʻlib oʻtgan “Perspectywy Women in Tech Summit”da ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyatga ega boʻldim, bu tajriba menga oʻz bilimlarim va boshqa soha mutaxassislari bilan aloqalarimni kengaytirish imkonini berdi. Sammitdan olgan bilim va ko‘nikmalarimni kelajakdagi faoliyatimda qo‘llashni intiqlik bilan kutaman.”, — deydi Umida.