Safar doirasida 1+1 MBA va 3+1 bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari bilan uchrashuv ham o‘tkazildi.
Ochiq muloqot shaklida talabalarning g‘oyalari, taklif va savollari, akademik qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va talabalar hayotini yaxshilash yo‘llari ko‘rib chiqildi. Muhokama yakunlari bo‘yicha ishtirokchilar Koreyada O‘zbekiston talabalari hamjamiyatini tashkil etishga kelishib oldilar.
Barcha talabalarga faol ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiramiz va ularning o‘qishlarida hamda kelgusi loyihalarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
