Referendum

30 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti joylashgan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 43-saylov uchastkasida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi.

Saylov ochiq va demokratik ruhda, qonunchilik va xalqaro standartlarga muvofiq o‘tdi. Xalqaro kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari va televideniye vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetida saylov jarayonlarini kuzatib bordilar.

Saylov uchastkasiga 2562 kishi tashrif buyurdi. Uchastka komissiyalari xodimlarining yuqori kasbiy mahorati va aholi faolligi alohida qayd etildi.