5-may kuni universitet rektori Bobur Abdullayev talabalar bilan Student Solutions Week – har bir kishi kampus va talabalar hayoti rivojiga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan ochiq muloqot haftaligi doirasida uchrashuvlarni boshladi.
Dastlabki uchrashuvlarda talabalar muhitining dolzarb masalalari muhokama qilindi:
– o‘quv va kovorking joylarini kengaytirish zarurati,
– klub va o‘qishdan tashqari faoliyatni rivojlantirish,
– talabalar tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash,
– akademik tartib-qoidalar va baholashning shaffofligi.
6 va 7-may kunlari rektor bilan uchrashuvlar yakka tartibdagi suhbat shaklida davom etadi:
📍 104-xona (1-qavat, A blok)
⏰ soat 15:00 dan 18:00 gacha
8-may kuni esa barcha talabalar uchun umumiy sessiya bo‘lib o‘tadi:
📍 101-xona (1-qavat, B blok)
⏰ 17:00
Bu sizni o‘ylantirayotgan savollarni berish, takliflar kiritish va universitet rivojiga bevosita ta’sir o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyatdir.
O‘zgarishlarning faol ishtirokchisi bo‘ling
