Janubiy Koreyadagi SBL 3+1 dasturi asosida tahsil olayotgan talabalar uchun Toshkent shahridagi Inha universiteti tomonidan maxsus ishlab chiqilgan «IUT Collaborative Entrepreneurship Program» dasturi yakunlandi.
Ushbu dastur doirasida talabalarimiz Janubiy Koreyaning INHA universiteti talabalari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Dasturning maqsadi talabalar o’rtasida haqiqiy biznes muammolarini hal qilish uchun xalqaro tajribasini almashish edi.
Bu davrda talabalar o‘z biznes-rejalarini tuzish va taqdim etish, tadbirkorlik g‘oyalari va noyob loyihalarini namoyish etishni o‘rganishga muvaffaq bo‘ldilar.
Bu kabi tashabbuslar nafaqat talabalarimizning ta’lim tajribasini boyitibgina qolmay, balki Toshkentdagi Inha universiteti va Janubiy Koreyaning INHA universiteti o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ushbu turdagi dasturlar xalqaro hamkorlik mustahkamlaydi.
