«Sigma Software» O’zbekistonda dasturiy ta’minot ishlab chiqish ofisini ishga tushiradi

“Sigma Software” – Shvetsiya IT-kompaniyasi bo’lib, 2000 dan ortiq IT-mutaxassislariga egadir. 12 davlatda o’z ofisiga ega bo’lgan “Sigma Software” kompaniyasi endilikda Oʻzbekistonda o’z faoliyatini boshlaydi. Kompaniya 20 yildan buyon jahon IT bozorida faoliyat yuritib kelmoqda va uning mijozlari orasida “SAS”, “Knorr-Bremse”, “AstraZeneca”, “Volvo”, “Scania” kabi taniqli xalqaro brendlar bor.

“Sigma Software” kompaniyasi Toshkentdagi yangi ofisida yoki Oʻzbekistonning istalgan nuqtasidan masofadan turib ishlash uchun hamda keng koʻlamda ishga yollash orqali Oʻzbekistonda ish boshlashni rejalashtirmoqda. Toshkent shahridagi Inha universitetida ham o‘quv laboratoriyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Kompaniyaning Oʻzbekiston bozoriga kirishi 5-mart kuni boʻlib oʻtadigan “Open Tech Day” IT konferensiyasidan boshlanadi.

Sigma Software Uzbekistan, looking for developers