Silikon vodiysiga sayohatni o’z ichiga olgan eksklyuziv dasturimiz haqida qator postlarni boshlaymiz🔥

“Strategic Information Technology Leadership Program” dasturi CIO’larga innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash, axborot texnologiyalarni biznes maqsadlariga moslashtirish va o’z tashkilotlarining texnologik transformatsiyasiga samarali rahbarlik qilish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikmalar va strategik qarashlarni rivojlantirishga imkon berish uchun mo’ljallangan.
Dastur taniqli professor-o’qituvchilar, jumladan, tajribali CIO’lar, soha mutaxassislari va strategik IT yetakchiligi bo’yicha kuchli tajribaga ega akademiklar tomonidan o’qitiladi. O’qituvchilarimizdan biri bo’lgan Dr. Viktor Taratukhin bilan tanishing.