Mavzu: «IT-kompaniyada suhbatdan qanday o’tish mumkin: tayyorgarlik, asosiy savollar va muvaffaqiyatli strategiyalar»
Sana: 4 oktabr
Vaqt: 11:30
Joy: Toshkent shahridagi Inha universiteti, B304
Fido Biznes O‘zbekistonda IT va axborot tizimlari sohasidagi yetakchilardan biri hisoblanadi. Ushbu ma’ruza barcha talabalar, ayniqsa 3 va 4-kurs talabalari uchun foydalidir.
Siz suhbatlarda qanday ajralib turishni, suhbat davomidagi qiyinchiliklardan qanday qilib o’tishni va ish beruvchilarni ideal nomzod ekanligingizga ishontirishni o’rganasiz!
Sizni ushbu tadbirda ko’rishni intiqlik bilan kutib qolamiz, bu sizning orzuingizdagi martaba sari birinchi qadam bo’lishi mumkin!