Har yili ta’til davomida Toshkent shahridagi Inha universitetining faol talabalari O‘zbekistonning turli shaharlarida abituriyentlar uchun tanishuv taqdimotlarini o’tkazadilar.
TShIU talabalari Toshkent, Toshkent viloyati, Farg‘ona, Surxondaryo shaharlarida taqdimotlar tashkil etib va boshqa viloyatlarga ham borishni rejalashtirishmoqdalar.
Bu Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan yaqindan tanishish, talabalar hayoti, fakultetlar, yotoqxona, o‘qituvchilar haqida ma’lumotlarga ega bo’lish va muhim savollarni berish uchun ajoyib imkoniyatdir.
