2022-yil 12-dekabr kuni IT Parkda «Sturgeon Capital Ltd» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Plug&Play, IT Park Uzbekistan, Toshkent shahridagi Inha universiteti faol ishtirok etdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan maqsad Oʻzbekistonning IT/startup ekotizimida joriy ishlanmalar va amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha dolzarb maʼlumotlarni muhokama qilishdan iborat.
Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov «Sturgeon Capital Ltd» kompaniyasi bilan kelgusidagi hamkorlik, IT sohasida iqtidorlarni rivojlantirish dasturlari haqida so‘z yuritdi va minnatdorchilik belgisi sifatida «Sturgeon Capital Ltd» kompaniyasi vakillariga sertifikat topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Sturgeon Capital» Britaniyaning investitsiya kompaniyasi bo‘lib, Markaziy Osiyo va Kavkazdagi Yangi Ipak yo‘li mintaqasiga sarmoya kiritish bo‘yicha 10 yildan ortiq tajribaga ega. Shuningdek, kompaniya har yili Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari uchun grantlar ajratadi.
Joriy yilning oktabr oyida Toshkent shahridagi Inha universitetining 3 va 4-kurs talabalari Hasan Rashidov va Yekaterina Mo‘minovalar o‘quv xarajatlarini qoplaydigan kompaniya stipendiyasini qo‘lga kiritdilar.
