🔹23 noyabr kuni, rektor Muzaffar Djalalov boshchiligidagi Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va xodimlari «Talaba yugur» marafonida ishtirok etdi.
«Talaba yugur» marafoni Markaziy Osiyoda o‘tkaziladigan eng yirik sport tadbirlaridan biridir. Ushbu marafonda 3 kilometrlik poygada oliy ta’lim muassasalari talabalari va xodimlari ishtirok etadi.
Musobaqaning maqsadi talabalarni sog’lom turmush tarziga va doimiy sport faoliyatiga jalb etishdir🏃🏻♂️