20-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “UZAUTO MOTORS” AJ bosh direktori Bo Inge Andersson talabalar uchun ma’ruza o‘qidi.
Bo Inge Andersson “UZAUTO MOTORS: The best place to work, grow and explore” mavzusida ma’ruza o’qib va talabalarga kompaniya mahsulotlari va rivojlanishi haqida so’zlab berdi.
Ma’ruza yakunida ma’ruzachi talabalarning barcha savollariga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, UZAUTO MOTORS 30 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi.