Talabalarimiz Abduqahhorov Oybek va Bitanov Arslan a’zo bo‘lgan ChiLL Chain jamoasi Standoff 15 xalqaro kiber jangida yetakchilardan biriga aylandi!
21-maydan 24-maygacha Moskvada Yevropa, MDH, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharqdan 30 dan ortiq jamoani jamlagan nufuzli xalqaro kibermuso-baqa bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 ChiLL Chain ushbu tadbirda O‘zbekistonning yagona vakili bo‘lib, asosiy musobaqaning 31 jamoasi orasida sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ayniqsa e’tiborga molik jihatlari:
▫️61 ta noyob zaiflikni aniqlash – xuddi g‘olib jamoa kabi!
▫️Aviatsiya sohasidagi hujumlar samaradorligi reytingida 2-o‘rin
▫️Bank sohasida 6-o‘rin
👏 Oybek, Arslan va butun ChiLL Chain jamoasini xalqaro maydondagi ajoyib yutuqlari bilan tabriklaymiz! Sizlarga yangi cho‘qqilar va ulkan g‘alabalar tilaymiz!