Talabalarimiz uchinchi kursdan boshlaboq yirik tashkilotlarda o‘z karyeralarini qurishga kirishadilar.

SOCIE Fakultetning uchinchi kurs talabasi Malika Biynazova dunyoning eng yaxshi 1000 ta klinikasi ro‘yxatiga kiruvchi NCMC (Milliy bolalar tibbiyot markazi)da o‘z faoliyatini boshladi.
Inha universiteti talabasi ish faoliyati quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: raqamli transformatsiya, tibbiyot sohasiga raqamli va marketing yechimlarini joriy etish hamda innovatsion loyihalar orqali brendni rivojlantirish.
Eslatib o‘tamiz, NCMC O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2020-yilda Janubiy Koreyadagi rasmiy hamkorlar 🇰🇷 (KOICA, KOFIH) bilan birgalikda tashkil etilgan bo‘lib, u dunyoning eng yaxshi 1000 ta klinikasi ro‘yxatiga kiruvchi birinchi va yagona davlat klinikasi hisoblanadi, shuningdek, JCI xalqaro akkreditatsiyasidan o‘tgan.
Malikani yangi karyera bosqichi bilan samimiy qutlaymiz va unga yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!