22-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida taniqli tadbirkor Anvar Abduqayumning ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.
Anvar Abduqayum talabalarga “IT, startaplar va robototexnika istiqbollari. Logistikaning biznesdagi o’rni” mavzusida ma’ruza qildi.
Anvar Abduqayum Markaziy Osiyodagi eng yirik o‘yinchoq zavodlarining egasi.
Mehmon ma’ruza davomida o‘z tajribasi bilan bo’lishdi, talabalarning shaxsiy biznes g‘oyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar berdi, shuningdek, talabalarning savollariga javob berdi.
