Tayyorlov kurslari talabalari uchun IELTS sinov imtihoni bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 30-mart kuni O‘zbekistondagi Britaniya Kengashining ko‘magida tayyorlov kurslari talabalari uchun IELTS sinov imtihoni bo‘lib o‘tdi. Imtihon uchta yo’nalishda o’tkazildi:  listening, reading, writing. .
Toshkent shahridagi Inha universiteti va O‘zbekistondagi Britaniya Kengashining  hamkorligi tufayli har yili talabalarimiz uchun bepul Mock imtihonlari o‘tkaziladi.
Mock imtihonlari abituriyentlarga o’zini haqiqiy imtihon muhitida bo’lgandek his qilish imkonini beruvchi IELTS sinov imtihonidir.
Barcha imtihon topshirgan abituriyentlarga yaxshi natijalar tilab qolamiz!