23-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga Temasek politexnika instituti bosh direktori Av Tuan Ki boshchiligidagi institut vakillari tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida tomonlar IT sohasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdi, axborot va fikrlar almashdilar. Tomonlar hamkorlik qilish imkoniyatlari, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ta’lim loyihalarini muhokama qildilar.