19-dekabr kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Toshkent shahridagi Inha universiteti, “Mirzo Ulug‘bek vorislari”
tayyorlov o‘quv kursi hamkorligida “Texnologiya sohasini rivojlantirish istiqbollari: raqamli bozorlar o‘sishiga tayyorgarlik” konferensiya tashkil etildi. Tadbirda soha yetakchilari, o‘qituvchilari, talabalari va ekspertlari raqamli texnologiyalarning o‘sish istiqbollari va ularning mehnat bozoriga ta’sirini muhokama qilishdi.
📌Konferensiyaning maqsadi: Soha mutaxassislari tomonidan potensial ish beruvchilar, xusu siy sektor vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni mehnat bozori va raqamli texno logiyalar rivojlanish istiqbollari bilan tanishtirish. Dunyodagi raqamli xizmatlar bozori tenden siyalari va sohadagi mavjud vaziyatni o‘rganish, fikr almashish va muhokama qilish
So‘zga chiqqanlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rahimov Bobur, raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, shuningdek, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori M.M. Djalalov raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatimiz uchun malakali mutaxassislar tayyorlashda universitetning o‘rni borligini alohida ta’kidladi.
Anjumanda Inha universiteti bitiruvchimiz, Tilmoch loyihasi asoschisi va sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassis M.M. Mamasaidov so’zga chiqdi. U turkiy tillar uchun til modellari bo‘yicha o‘z tadqiqotini taqdim etdi, yangi tarjima modellarini yaratish istiqbollari va ularning raqamli texnologiyalar kelajagi uchun ta’siri haqida ma’lumot berdi.
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” loyihasining “Data Science” kursida faol ishtirok etayotgan universitetimiz talabalarini ham alohida ta’kidlash joiz. Bular – Uyg’un Tursunov, Azizbek Jabborov, Abror Musulmonov
va Muhammad Qosimovlar mana shunday muhim tadbirlarda faol ishtirok etib, texnologiya va innovatsiya olamiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga muhim hissa qo‘shishda davom etmoqda va uning talabalari va bitiruvchilari raqamli inqilobga tayyorgarlik ko‘rishda muhim rol o‘ynaydi!
