«Kecha kelgumdur debon, ul sarvu gulru kelmadi.
Kuzlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtimu, chektim yulida intizor,
Keldi jon ogzimgayu, ul shukhi badkhu kelmadi…»
(А.Navoiy)
Bugun buyuk shoir Nizomiddin Mir Alisher (Alisher Navoiy) tavalludiga 582 yil to‘ldi.
Navoiy beshta dostondan iborat “Xamsa” (“Beshlik”) – “Hayrat ul-abror” (“Solihlarning sarsoni”), “Farhod va Shirin”, «Layli va Majnun», «Sab’ay sayyor» («Yetti sayyora») va «Saddi Iskandariy» («Iskandar devori») asarlarini yaratgan.
Alisher Navoiy lirik va epik she’rlardan tashqari adabiy tanqid, falsafa, tilshunoslik, tarixga oid qator asarlar ham yaratgan.
