To‘rt tomonlama memorandum imzolandi

10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Koinot tadqiqotlari va texnologiyalari agentligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, «Korea Industry Intelligentization Association» va Geotwo Co., Ltd kompaniyasi o‘rtasida to‘rt tomonlama memorandum imzolandi.
Ushbu memorandumdan ko‘zlangan maqsad hamkorlik bilan birga do‘stona munosabatlarni o‘rnatishdan iborat. Memorandum doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetida o‘quv markazi tashkil etiladi, IT-GISni masofadan zondlash bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi va aerokosmik ta’lim infratuzilmasini kengaytirish uchun sharoitlar yaratiladi.