Toshkent shahridagi Inha universiteti abituriyentlari uchun konsultatsiya kuni o’tkazildi

2022-yil 22-iyul kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga uchinchi kirish imtihoniga ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar uchun konsultatsiya kuni bo’lib o’tdi.
Kompyuter va dasturiy injiniring hamda Biznes va logistika fakultetlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun konsultatsiyalar o’tkazildi. Konsultatsiyalar davomida kuzatuvchilar imtihonlarga ro’yxatdan o’tgan abituriyentlar identifikatsiyasini amalga oshirishdi.
Eslatib o’tamiz, 23-iyul (Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti yozma testi) va 24-iyul (Biznes va logistika Fakulteti yozma testi) kunlari uchinchi kirish imtihonlari o’tkaziladi.