Toshkent shahridagi Inha universiteti Agrobank bilan hamkorlikda “Fintechda sun’iy intellekt” tanlovini e’lon qiladi.

Agar siz sun’iy intellektdan foydalanishga e’tibor qaratgan holda bank industriyasi uchun tizimlarni ishlab chiqishda ajoyib ko’nikmalarni namoyish etishga tayyor bo’lsangiz:
• 3 nafar ishtirokchidan iborat jamoani ro’yxatdan o’tkazing;
• bank sektori uchun yechim ishlab chiqing (chat botlari, skoring, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va h.k.);
• 31-yanvargacha yechimingizni tavsiflovchi taqdimotni yuboring.
G‘oliblar 2024-yil 5-fevral kuni Inha universitetida aniqlanadi va taqdirlanadi.
🏆 Mukofotlar:
• Birinchi o‘rin: 3 ta MacBook.
• Ikkinchi o‘rin: 3 ta iPhone.
• Uchinchi o‘rin: 3 ta iPad.
Ishtirok etish O‘zbekiston Respublikasining barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ochiq.
Roʻyxatdan oʻtish //contests.inha.uz/ sayti orqali 2024-yil 29-yanvargacha davom etadi.
Qo’shimcha savollar bo’yicha tashkiliy qo‘mita bilan careercenter@inha.uz  elektron manzili orqali bog’lanishingiz mumkin.
Tanlovga qo‘shiling va zamonaviy bank texnologiyalarini yaratishga o’z hissangizni qo‘shing!