5 sentabr kuni Inha universitetida birinchi kurs talabalari uchun «Orientation Day’ ning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va bo‘lim vakillari Britaniya va Koreya yo‘nalishlaridagi o‘quv dasturlari bilan talabalarni tanishtirdilar.
Taqdimot sessiyalari davomida birinchi kurs talabalari universitetning akademik taqvimi, tashkiliy va ma’muriy tuzilmasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lib, talabalar qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
