Toshkent shahridagi Inha universiteti birinchi prorektori T.Tursunmuratov «O’zbekistonning taniqli olimlari» ensiklopediyasiga kiritildi

2024-yilning oktabr oyida «Science and Innovation» xalqaro ilmiy jurnali tomonidan O‘zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasining 2024-yilgi to‘plami taqdim etildi. Ushbu ensiklopediyadan Uchinchi Renessans ostonasida turgan «Yangi O‘zbekiston» ilm-fanining darg‘alari o‘rin olgan bo‘lib, ular qatoriga Toshkent shahridagi Inha universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori, siyosiy fanlar doktori, dotsent Tursunmuratov Turdimurat Maxamatkulovich ham kiritilgan.
Ensiklopediyada jamiyat rivojiga o‘z bilimi, ilmiy salohiyati, pedagogik mahorati bilan munosib hissa qo‘shib kelayotgan respublikamizning yetuk olimlarining hayoti va ijodi yoritib berilgan. Loyiha doirasida wikipedia.org onlayn ensiklopediyasida olimlarning sahifalari yaratiladi.
T.Tursunmuratov 1993-yili N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetini tugatgan  O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Yadro Fizikasi instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti hamda Davlat boshqaruvi akademiyasida faoliyat olib borgan. Germaniyaning Bremen, AQShning Boston va Avstriyaning Graz texnologiyalari universitetlarida ma’ruzalar o‘qib, ilmiy va akademik loyihalarda ishtirok etgan.
U 2019 yili Jahon Iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Global texnologik rivojlanish sharoitida O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligiga yevroatlantika omilning ta’siri” mavzusida doktorlik (Doctor of Science)   dissertatsiyasini himoya qilgan.
Bugungi kunda T,Tursunmuratov bitta fan doktori (DSc) va 2 ta  falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun faoliyat olib borayotgan mustaqil  tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
Universitet jamoasi olimni erishgan yutuqlari bilan tabriklagan holda, ustozga mustahkam sog‘liq va yanada ulkan ijodiy muvaffaqiyatlar tilaydi!