Tilmoch —dastlab turkiy tillar (o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq, turk) uchun yaratilgan sun’iy intellektga asoslangan tarjima xizmati. Hozirda koreys va xitoy tillari uchun sinovdan o‘tayotgan versiyasi ham mavjud. Platforma matnlar, hujjatlar va og‘zaki nutqni real vaqt rejimida tarjima qilishda yordam beradi.
Startap uchta fonddan mablag‘ oldi.
Yoshlar Ventures – 50 000 dollar
Aloqa Ventures – 60 000 dollar
IT Park Ventures – 40 000 dollar
Shu vaqt mobaynida «Tilmoch» muhim yutuqlarga erishdi: mGovAward 2022 grantini (50.000 AQsh dollari), «Sun’iy intellekt» yo‘nalishida President Tech Award 2023 mukofotini (100.000 AQsh dollari) qo‘lga kiritdi.
Bugungi kunda xizmatdan oyiga yuz minglab faol foydalanuvchilar foydalanmoqda va loyihaning mintaqaviy kengayish rejalari mavjud.
Biz iqtidorli bitiruvchilarimizning muvaffaqiyatlaridan faxrlanamiz!
