Toshkent shahridagi Inha universiteti EduFair 2022 ko‘rgazmasida ishtirok etadi

2022-yilning 18-19-mart kunlari Toshkent shahrida Edufair 2022 xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahridagi Inha universiteti jamoasi ushbu yarmarkada o‘z burchagi bilan ishtirok etmoqda, bu yerda har bir kishi TshIU bo‘yicha o‘zini qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni olishi mumkin.
EduFair 2022 o‘quv ko‘rgazmasi Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ko‘magida o‘tkazilmoqda.