Toshkent shahridagi Inha universiteti faxri!

4-kurs talabamiz Amir Yuldashev, Moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha V Xalqaro olimpiada-2025 da 2-o‘rinni egalladi!🎉
🔽 Bu yil Olimpiada birinchi marta Krasnoyarskda o‘tkazildi va dunyoning 40 ta davlatidan 600 nafar ishtirokchini jamladi. Hafta davomida ular ilm-fan, martaba, madaniyat va sportni birlashtirgan holda bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha bellashdilar.
Amir universitetimiz va O‘zbekistonni munosib himoya qilib, butun dunyodan kelgan yuzlab ishtirokchilar orasida eng yaxshilar qatoridan joy oldi.
Biz Amirni chin dildan tabriklaymiz va yangi g‘alabalar, yorqin kashfiyotlar hamda ulkan kasbiy yutuqlar tilaymiz!