Toshkent shahridagi Inha universiteti Kiberxavfsizlik markazi bilan hamkorlikni yangi memorandum bilan yangiladi

Toshkent shahridagi Inha universiteti va «Kiberxavfsizlik markazi» davlat unitar korxonasi o‘rtasida yangi o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjat tomonlarning malakali kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik sherikligining mantiqiy davomi bo‘ldi.
Bitim doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹 talabalar uchun kiberxavfsizlik sohasida amaliyot va stajirovkalar,
🔹 qo‘shma seminarlar, treninglar va yozgi/qishki maktablar,
🔹 Markaz va universitet mutaxassislarining ilmiy tadqiqotlar va konferensiyalarda ishtirok etishi,
🔹 Talabalarga xalqaro sertifikatlarni olishda ko‘maklashish.
Hamkorlik Toshkent shahridagi Inha universitetining raqamli texnologiyalar ekotizimini rivojlantirish hamda axborot va kiberxavfsizlik sohasida mutaxassislarning yangi avlodini tayyorlashga sodiqligini tasdiqlaydi.