Toshkent shahridagi Inha universiteti logistika fakulteti talabalari Koreyadan qaytishdi

 

25 fevral kuni universitet rector.v.b Muzaffar Djalalov va Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Turdimurat Tursunmuratov Koreyada o’qishni muvaffaqiyatli tugatib, Toshkentga qaytib kelgan Logistika fakultetining to’rtinchi kurs talabalari bilan uchrashdilar.

Eslatib o’tamiz 2019 yil 4 sentyabr kuni Logistika fakultetining 61 nafar talabasi Toshkent shahridagi Inha Universitetida 3 +1 dasturi bo’yicha O’zbekistonda o’qigan 3 yillik ta’limda so’ng 1 yilga Janubiy Koreyaning Inha Universitetida ta’lim olish uchun Incheonga jonab ketgan edi.

Talabalar bilan uchrashuv ochiq muloqot shaklida bo’lib o’tdi. Talabalar o’zlarining akademik muvaffaqiyatlari va Janubiy Koreyaning madaniyati va ta’lim sohasida borasida o’z fikirlari bilan almashdilar.

Ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Inha Universiteti rahbariyati talabalarni Janubiy Koreyada ta’lim olishlari uchun kerakli bo’lgan barcha shart sharoitlarni yaratib berishda o’z hissasini qo’shgan.

Talabalar Janubiy Koreyadagi Inha universitetida malaka oshirib, Toshkent shahridagi Inha Universitetida olgan bilimlarining yuqori natijalarini namoyish etdilar.