◽️Toshkent shahridagi Inha universiteti MBA yo‘nalishi talabalari uchun Koreyaning yetakchi logistika va aviatsiya ob’ektlariga tashrif uyushtirildi. Talabalar uchta yirik kompaniyalarga tashrif buyurishdi: Incheon xalqaro aeroporti, Korean Cargo Terminal va LX Pantos Cargo Terminal.
Tashriflar davomida talabalarimiz soha mutaxassislari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish orqali Janubiy Koreya aviatsiya va logistika sanoati bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Ushbu sanoat tajribasi ularning akademik bilimlarini mukammal darajada to’ldiradi va global logistika va ta’minot zanjiri boshqaruviga nisbatan real nuqtai nazarini oshiradi. Talabalarimizga bunday ta’lim imkoniyatini taqdim etgani uchun hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.