12-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov, «Odoo» kompaniyasi rahbari Kevin Farah va «UIC Group» bosh direktori Murodxo’ja Muratov bilan uch tomonlama memorandum imzoladi.
Memorandum doirasida talabalar uchun biznesni boshqarish va ushbu yo‘nalishda malaka oshirish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Odoo kompaniyasi universitet o’qituvchilari va talabalariga cheksiz miqdordagi ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatini beradi, shuningdek, universitet professorlari va talabalari uchun seminarlar o’tkazadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Odoo kompaniyasi ochiq kodli biznes ilovalari to’plamini taqdim etadi. Odoo – dunyodagi eng ko’p o’rnatilgan biznes dasturdir. U butun dunyo bo’ylab 4 500 000 dan ortiq foydalanuvchi tomonidan qo’llaniladi.
UIC Group, tezkor IT-yechimlarni taqdim etuvchi xalqaro integratsiyalashgan IT kompaniya.
Uchrashuv yakunida Odoo kompaniyasi rahbari Kevin Farah TShIU talabalari uchun ma’ruza o’qididi va Odoo dasturiy ta’minoti haqida gapirdi.